We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

"COSO konsepsiyasi asosida xatarlarni boshqarish tizimini rivojlantirish" mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Share on social media

Joriy yilning 20-yanvar kuni "Uzbekistan Airways" AJ binosida korporativ boshqaruv, risk-menejment va ichki nazorat tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga bag‘ishlangan "COSO konsepsiyasi asosida xaflarni boshqarish tizimini rivojlantirish" mavzusida seminar tashkil etildi va o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy yo‘nalishlaridan biri aviakompaniya faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, aniqlash va minimallashtirish vositasi sifatida xavflarni boshqarish tizimini joriy etish va rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida aviakompaniya xodimlariga xalqaro standartlarga (COSO ERM, ISO 31000) asoslangan risk-menejment tizimini yaratish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, ularning yirik aviakompaniya faoliyatida tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliy qo‘llanilishi haqida ma’lumot berildi.

Muhokamalar doirasida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

- nol madaniyatini shakllantirishda korporativ boshqaruv va kompaniya rahbariyatining roli

- boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlariga risk-menejment va ichki nazorat tizimini integratsiyalash;

- aviakompaniyaning asosiy biznes jarayonlarida (xaridlar, shartnomalar, texnik xizmat ko‘rsatish, kadrlar jarayonlari, moliyaviy operatsiyalar, kontragentlar bilan o‘zaro hamkorlik) korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash;

- "uchta himoya chizig‘i" modeli doirasida rollar va mas’uliyatni taqsimlash;

- xavf-xatar madaniyati va xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish talablariga rioya qilish uchun shaxsiy mas’uliyatining ahamiyati;

- korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tizimli aniqlash, baholash va boshqarish vositasi sifatida xavf-xatarlar reyestridan amaliy foydalanish.

Shuningdek, ishtirokchilar xavf-xatarlarni aniqlash va baholash metodologiyasi, shuningdek, korrupsiya ko‘rinishlari ehtimolini va ularning kompaniya faoliyatiga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan nazorat va oldini olish choralarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuvlar bilan tanishdilar.

O‘tkazilgan yig‘ilish "Uzbekistan Airways" AJning barqaror xavf-xatarlarni boshqarish tizimini shakllantirish va korrupsiyaga qarshi siyosatini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

AI Assistant
Need help?