"Uzbekistan Airways" AJ biznes halolligi va korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi
2025-yil 11-dekabr kuni 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Uzbekistan Airways" AJ direksiyasida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, fuqaro aviatsiyasi sohasida korrupsiyaga qarshi zamonaviy tizimlarni joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlangan "Biznesning halolligini qo‘llab-quvvatlash: Biznes-ombudsmanning roli" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir aviakompaniya xodimlarining huquqiy ongini oshirish, halollik madaniyatini shakllantirish va korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan.
Uchrashuvga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha Vakili kotibiyati ma’sul xodimlari ma'ruza bilan taklif qilindi. Mutaxassislar adolatli biznes amaliyotini targ'ib qilishning amaldagi mexanizmlarini, shuningdek, tadbirkorlar huquqlarining buzilishiga qarshi kurashish vositalarini taqdim etdilar.
Tadbir davomida ma'ruzachi biznes haloligini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan nolga teng bag'rikenglik tizimini rivojlantirish va xodimlarning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni batafsil bayon qildi. Biznes-ombudsmanning biznes hamjamiyatining qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlaydigan va adolatli raqobat muhitini rivojlantirishni rag'batlantiradigan institut sifatidagi roliga alohida e'tibor qaratildi.
Ushbu tadbir Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni sharafiga korporativ mas'uliyatni oshirish, muvofiqlik madaniyatini mustahkamlash va korruptsiya xavflarining oldini olishga qaratilgan amaliyotlarni joriy etishga qaratilgan bir qator tadbirlarining bir qismi bo'ldi.








