We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Istanbulga chiptalarni arzonroq xarid qilishni xohlaysizmi? Xuddi sehrli tayoqcha bilan urgandek, tilagingiz amalga oshdi!

Share on social media

Oila bilan yoki do‘stlar davrasida sayohat qiluvchilar uchun biz A4PAX maxsus tarifini joriy etmoqdamiz. Bu O‘zbekiston shaharlaridan Istanbulga va qaytish yo‘nalishidagi parvozlarda 4 dan 9 kishigacha bo‘lgan guruhlar uchun foydali taklif.

Maxsus tarif bo‘yicha chiptalarni 2025-yil 11-dekabrdan 22-dekabrgacha xarid qilishingiz va ulardan 2026-yil 1-fevraldan 28-fevralgacha foydalanishingiz mumkin. Hamrohlaringizni to‘plab, Istanbulga qulay narxlarda parvoz qiling!

• Ushbu tarif bo‘yicha sotuvlar faqat "Uzbekistan Airways" AJning o‘z muntazam aviaqatnovlarida aviakompaniya veb-saytida, O‘zbekiston Respublikasi hududida ("Uzbekistan Airways Sales" filiali va uning agentlari tomonidan), shuningdek, xorijda faqat o‘z sotuv tarmog‘i uchun ochiladi (HY bilan faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri agentlik shartnomalari bo‘yicha ishlaydigan agentlar, 25021...). BSP, ARC, TKP agentlariga taalluqli emas; 

• Bitta bronlashda yo‘lovchilarning minimal soni – 4 kishi;

• Bitta bronlashda yo‘lovchilarning maksimal soni – 9 kishi;

• Ushbu tarif bo‘yicha qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish va qaytarish taqiqlanadi;

•  O‘zbekiston shaharlaridan Istanbulgacha bo‘lgan uchastkada bepul bagaj tashish normasi – 35 kg, Istanbuldan O‘zbekiston shaharlariga – 45 kg.

• Boshqa tarif turlari bilan birlashtirishga ruxsat berilmaydi.

 

➖Bir tomonga: har bir yo‘lovchi uchun 1 791 000 so‘mdan boshlab

➖Ikki tomonga: har bir yo‘lovchi uchun 3 343 000 so‘mdan boshlanadi

 

Chiptalarni booking.uzairways.com saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning rasmiy agentlaridan xarid qilishingiz mumkin

Download PDF
AI Assistant
Need help?