We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

"Uzbekistan Airways" AJ xodimlari o‘rtasida "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" aksilkorrupsiya aksiyasi

Share on social media

9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni arafasida "Uzbekistan Airways" AJ tomonidan halollik madaniyatini mustahkamlash va korrupsiya ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni rivojlantirishga qaratilgan "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" korporativ chellenj aksiyasi o‘tkazildi.

Aviakompaniyaning turli bo‘linmalari xodimlari fleshmobda ishtirok etib, mavzuli plakatlar va korrupsiyaga qarshi shaxsiy murojaatlar bilan suratga tushishdi. Tashabbus AJ direksiyasining barcha xodimlari, shuningdek, uchuvchilar, bortkuzatuvchilar, muhandis-texnik xodimlar va mintaqaviy vakolatxonalar xodimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Yuridik boshqarma, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi, Ishlab chiqarishning servis tayyorgarligi boshqarmasi, uchuvchilar otryadlari bilan ishlash bo‘limlari, AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va boshqalar fleshmobni faol qo‘llab-quvvatladilar.

Aksiya aviakompaniya jamoasining umumiy pozitsiyasini yaqqol tasdiqladi: har bir xodim halollik, shaffoflik va odob-axloq me’yorlariga rioya qilish uchun shaxsan javobgardir.

AI Assistant
Need help?