Ishtirokchilaroʻzbek adibi Oybek (Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek) yashagan va ijod qilgan uyida adibning hayoti, ilk she’rlari, tarjimalari, romanlari va ijod yo‘li, shuningdek o‘sha davr Toshkenti ko‘rinishi aks etgan suratlar, qo‘lyozmalar, eski nusxalar bilan yaqindan tanishdilar.


Muzeyning ekspozitsiyasi adabiy va memorial qismdan iborat; ya’ni nafaqat adib asarlari-ijodini, balki uning hayot tarzi, oilaviy muhitini ham ko‘rish mumkin. Ishtirokchilar yozuvchi va shoir haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ekskursiyachilar tomonidan javoblar olishdi.


