We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways Xalqaro biznes-ombudsmanlar forumida ishtirok etdi

Share on social media

2025-yilning 21-oktabr kuni Toshkent shahrida Biznes-ombudsman devoni va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi doirasida o‘tkazilgan Biznes-ombudsmanlarning xalqaro forumi va IV Biznes-halollik forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumning maqsadi - Biznes-ombudsman institutlari vakillari ishtirokida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar, tadbirkorlik faoliyatida halollik tamoyillarini ilgari surish bo‘yicha tashabbuslarni muhokama qilish uchun platforma yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba bilan tanishish va ishbilarmonlik muhitini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yechimlar almashinuviga ko‘maklashishdan iborat.

Forumda "Uzbekistan Airways" AJ Kuzatuv kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati vakili N. Zikrillayeva tadbirning 3-sessiyasi moderatori sifatida ishtirok etdi.

Ushbu sessiyada davlat va xususiy sektor korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar asosiy xalqaro standartlar, ilg‘or amaliyot haqida bilib oldilar.

Ushbu panelda IHTTning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tahlilchisi Aleksandra Onisko, BMT NJQBning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy maslahatchisi Vladimir Kozin, Shveysariya tadbirkorlik instituti (SIFE) va Grisons amaliy fanlar universiteti professori Christian Hauser, YEXHTning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maslahatchisi Radu Nikolaye, SOCAR Midstream Gas Operations kompaniyasining (Ozarbayjon) komplayens-menejment bo‘yicha menejeri Sevda Guseynova so‘zga chiqishdi.

Tadbirda 10 ga yaqin davlatdan 250 ga yaqin vakillar, jumladan, xorijiy davlatlarning Biznes-ombudsman institutlari va korrupsiyaga qarshi kurashish organlari vakillari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, YeXHT, BMT NJB, Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar ekspertlari, shuningdek, yetakchi korxonalar, davlat va mahalliy hokimiyat organlari, NNT va ommaviy axborot vositalari mutaxassislari ishtirok etdi.

Download PDF
AI Assistant
Need help?