We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Uzbekistan Airways" AJ Boshqaruvi raisi tabrigi

Share on social media

Hurmatli yurtdoshlar va aviaxodimlar!

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun keng nishonlanmoqda. 2019 – yil 21-oktabr kuni davlatimiz rahbari “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzu va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi. Unga binoan, 21-oktabr - yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi. 

Ta’kidlash joizki, o‘zbek tili davlat maqomiga ega bo‘lgan 100ta tildan biridir. So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish borasida yangi bosqich boshlandi.  2020-2030 – yillarga mo‘ljallangan konsepsiya va maxsus dastur qabul qilindi, til ilmi tadqiqi, ta’limi va targ‘ibi, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirishga daxldor tizimli ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirildi. O‘zbek tili bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz qatorida davlatimizning muqaddas ramzlaridan biri sifatida takomillashib, rivojlanib bormoqda. 

Til har bir millatning eng qadrli boyligi, uning ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita hisoblanadi. U xalqlarni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’ana va madaniyatlarni saqlaydi, avloddan-avlodga o‘tishini ta’minlaydi. Tilning davomiyligini, umrboqiyligini unda so‘zlovchilarning milliy g‘ururi, kuch-qudrati va rivoji belgilaydi. Davlat tiliga, o‘z tilimizga bo‘lgan hurmat, Vatanga, onaga bo‘lgan hurmatimizni bildiradi. 

Tilimiz bor – millatimiz bor, uning kelajakda yanada yuksak mavqe va e’tibor qozonishi, boyishi, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi bizning istagimiz, g‘ururimiz, qat’iyatimizga bog‘liq. Shunday ekan, har bir yurtdoshimiz, millatdoshimizni o‘zbek tili taraqqiyoti yo‘lida birlashishga, hamkor, hamfikr bo‘lishga chorlab qolamiz. Zero, kuch – birlikda, yuksalish – birlashishda, taraqqiyot – yakdillikda, ravnaq – hamkorlikdadir.

Barchamizga bugungi bayram muborak bo‘lsin! 

 

“Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisi 

Shuxrat Xudaykulov 

Download PDF
AI Assistant
Need help?