We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Nyu-Yorkka parvozlar yanada hamyonbop bo‘ldi

Share on social media

Imkoniyatdan foydalaning: 10-oktabrdan 31-oktabrgacha Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha chiptalarni ekonom-klass tariflariga 10% gacha chegirma bilan xarid qiling. Aksiya 2025-yil 10-oktabrdan 2026-yil 31-martgacha amalga oshiriladigan aviaqatnovlarga amal qiladi.

Chegirmadan foydalanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Yo‘lovchi va yuk tashish tarifiga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi, ularga 10% gacha chegirma qo‘llanilmaydi.

1. Sotuv muddati - 10.10.2025 dan 31.10.2025 gacha;

2. Parvoz davri 10.10.2025 dan 31.03.2026 gacha;

3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:

- kattalar uchun - ekonom-klass tariflarining 10% gacha;

- salonda joy egallaydigan 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun - bolalar chegirmasi qo‘llanilgan holda e’lon qilingan tarifning 10% gacha (bunda uni to‘g‘ri hisoblash uchun e’lon qilingan chegirma miqdori kattalar ekonom-klass tarifidan 33%ni tashkil etadi);

- 2 yoshgacha bo‘lgan va salonda joy egallamaydigan bolalar uchun ushbu chegirma tatbiq etilmaydi;

4. Qaytarish/qayta bronlash/qayta rasmiylashtirishda tarifga taqdim etilgan chegirma qaytarish/qayta rasmiylashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun - belgilangan tartibda (25% chegirma qo‘llanilgan holda) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachiptani qaytarish summasini hisoblash uchun chegirma qo‘llanilmagan holda foydalanilgan uchastkadagi tarif chegirib tashlanadi;

5. Chegirma qo‘llanilgan holda to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar chegirma amal qilish muddatiga to‘g‘ri kelmaydigan sanalarda qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qo‘llanilmagan holda tarifning to‘liq darajasiga qo‘shish zarur;

6. Chegirma qo‘llanilmasdan rasmiylashtirilgan aviachiptalar 10.10.2025 dan 31.03.2026 gacha bo‘lgan davrda qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi.

7. Chegirma bilan rasmiylashtirilgan qisman foydalanilgan aviachiptalar 01.04.2026-yildan boshlab aviaqatnovlarga qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma aksiya davrida tushmagan 2-segmentga, shu jumladan yo‘nalishning teskari qismidagi OPEN DATE segmentiga ham qo‘llanilmaydi.  Agar OPEN segmenti bo‘yicha yangi uchish sanasi aksiya davriga to‘g‘ri kelmasa, chegirma yo‘nalishning ushbu qismiga qo‘llanilmaydi, chipta qayta rasmiylashtirilishi kerak;

8. Aksiya davrida HYWHFRTM promokodi (10% gacha chegirma) va 01.10.2025 (15% gacha chegirma) bo‘yicha to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, ushbu aksiya davridagi qatnovlarga 10% gacha chegirma qo‘llaniladi (tarif bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirish zarur);

9. Chegirma faqat aksiya o‘tkaziladigan davrga to‘g‘ri keladigan uchastka uchun qo‘llaniladi.  Chegirma guruhli bronlarga tatbiq etilmaydi;

10. Bolalarnikidan tashqari chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;

11. Chegirma Toshkentdan Nyu-Yorkka va ortga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishda e’lon qilingan ekonom-klass xizmatlarining barcha individual tariflari (OW/RT) uchun ruxsat etiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishni sotishda chegirma faqat Toshkentdan/ga Nyu-Yorkka/dan va ortga bajariladigan yo‘nalishda qo‘llaniladi. Chegirma SPA tariflari, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashish tariflari (RBD J, H, E, N, Q, W) uchun amal qilmaydi. 

Download PDF
AI Assistant
Need help?