We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

"O‘zbekiston aviatsiyasi yoshlari" forumi

Share on social media

Uzbekistan Airways xodimlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan "O‘zbekiston aviatsiyasi yoshlari" forumida ishtirok etdi. Tadbir Uzbekistan Airports, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etildi.

Forum dasturi panel munozaralari, seksiya yig‘ilishlari, umumiy ekskursiyalar va madaniy tadbirlarni o‘z ichiga oldi. Ishtirokchilar Farg‘ona xalqaro aeroporti faoliyati bilan tanishdi, Qo‘qon, Rishton va Marg‘ilon shaharlaridagi tarixiy-madaniy obyektlarga tashrif buyurdi.

Forumning asosiy voqealaridan biri urush qahramoni, sinov uchuvchisi, o‘zbek aviatsiya maktabi asoschisi va Toshkent aeroportining birinchi direktori Abdusamat Taymetovga bag‘ishlangan hujjatli filmning premyerasi bo‘ldi.

Tadbir yakunida yoshlarning faol ishtirokida aviatsiya sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarni o‘z ichiga olgan "Yoshlar rezolyutsiyasi" qabul qilindi.

Download PDF
AI Assistant
Need help?