“Uzbekistan Airways" АJda Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish: xalqaro tajriba va milliy amaliyot" ilmiy-amaliy seminari PRESS RELIZI
2025 yil 10 sentyabr kuni "Uzbekistan Airways Technics" MChJ zalida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish masalalariga bagʼishlangan ilmiy-amaliy seminar boʼlib oʼtdi.

Tadbir "Uzbekistan Airways Technics" MChJ rahbarlari faoliyatida korruptsiyaga qarshi qonunchilikka rioya qilish va yuzaga kelishi mumkin boʼlgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish muhimligi toʼgʼrisida xodimlarning xabardorlik darajasini oshirish maqsadida tashkil etildi. Ushbu tadbir korruptsiyaga qarshi korporativ madaniyatni mustahkamlash va xodimlarda xalqaro standartlar va milliy qonunchilik talablariga muvofiq "korruptsiyaga nisbatan murosasizlik"ni shakllantirish doirasida oʼtkazildi.

Tadbir avvalida direktor F.I.Ibragimov tadbir ishtirokchilariga kirish soʼzi bilan murojaat qilib, korruptsiyaga qarshi kurashish nafaqat mamlakat miqyosida, balki Jamiyatimiz doirasida ham dolzarb ekanligini taʼkidlab, ishtirokchilarni koʼrib chiqilayotgan muammoga jiddiy yondashishga chaqirdi.

Korruptsiyaga qarshi ichki nazorat boʼlimi boshligʼi Аhmedov O.Ya.ning maʼlum qilishicha, targʼibot va tushuntirish ishlarini olib borish korruptsiyaga qarshi ichki nazorat boʼlinmalari faoliyatini tashkil etish boʼyicha vazifalarni amalga oshirish samaradorligining yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi.

Shundan soʼng N. Zikrillaeva maʼruza qildi. U oʼz maʼruzaning avvalida “korruptsiya” soʼzini tushunchasiga qisqacha izoh berdi, Oʼzbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari haqida gapirdi, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xorijiy eksterritorial qonun hujjatlaridan misollar keltirdi, korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini tashkil etishning qonunchilik va uslubiy bazasi hamda tashkilotlar faoliyatida komplaens-nazorat tizimini joriy etish maqsadlariga alohida toʼxtaldi.

Yakunda "Uzbekistan Airways Technics" MChJ direktori F.I. Ibragimov maʼruzachiga juda mazmunli maʼruza uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida doimiy ravishda korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha seminarlar tashkil etishni taklif qildi.
