Yunusobod kort markazida "Uzbekistan Airways" AJ xodimlari uchun padel bo‘yicha o‘rtoqlik sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tennis va skvosh elementlarini o‘zida mujassam etgan yorqin va dinamik sport turi ishtirokchilarning e’tiborini tezda qozondi va ularga energiya va ajoyib kayfiyat baxsh etdi.
Musobaqalar do‘stona muhitda o‘tdi, unda shijoat, jamoaviy ruh va hamkasblarning qo‘llab-quvvatlashi ustunlik qildi. Ko‘plab xodimlar uchun bu nafaqat yangi sport turini sinab ko‘rish, balki ish xonalaridan tashqarida birga vaqt o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi.
Bunday tashabbuslar aviakompaniyada yaxshi an’anaga aylanib bormoqda: ular korporativ madaniyatni mustahkamlaydi, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga hissa qo‘shadi va jamoaning birdamligini oshiradi.
"Uzbekistan Airways" AJ har bir xodim ish, shaxsiy rivojlanish va sog‘liqni saqlash o‘rtasidagi muvozanatni topa olishi uchun sport tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

