We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways stol tennisi bo‘yicha Korporativ Chempionlar Ligasi kubogida debyut qildi

Share on social media

Uzbekistan Airways jamoasi turli biznes sohalaridan 14 ta kompaniya vakillarini birlashtirgan stol tennisi bo‘yicha Korporativ Chempionlar Ligasi kubogi korporativ musobaqasida ilk bor ishtirok etdi.

Hamkasblarimiz aviakompaniyani munosib tarzda taqdim etishdi va yuqori darajadagi o‘yinni namoyish etishdi:

A-320/321 ikkinchi uchuvchisi Jo‘raboyev Jahongir guruh bosqichidan ishonchli tarzda o‘tib, barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi. Pley-offda u tomoshabop o‘yin namoyish etib, raqiblariga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi.

Tashqi aloqalar boshqarmasi vakolatxonalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Mo‘minov Shohrux ham guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, musobaqa davomida kuchli, ishonchli o‘yin namoyish etdi.

Bu jamoamiz uchun ajoyib start va kelajakda bunday musobaqalarda g‘alaba qozonish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.

Hamkasblarimiz bilan faxrlanamiz va bu katta sport yo‘lining boshlanishi ekanligiga ishonamiz!

Download PDF
AI Assistant
Need help?