«“Uzbekistan Airways” AJ aksiyadorlarining yillik (navbatdagi) umumiy yig‘ilishini chaqirish bo‘yicha MA’LUMOT
1. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi chaqirilsin. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi 2025-yil 29-avgust kuni kuni soat 11:00 da qo‘yidagi manzilda chaqirilsin: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 41-uy.
2. Umumiy yig‘ilish kun tartibi quyidagicha tasdiqlansin:
1) Jamiyat aksiyadorlari yillik umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.
2) Sanok komissiyasi tarkibini saylash.
3) Jamiyatning Sanoq komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash.
4) Jamiyat Kuzatuv kengashining 2024-yil davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
5) Jamiyat Boshqaruvining 2024-yil yakuni bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
6) Tashqi auditorning 2024-yil yakuni bo‘yicha milliy va halqaro standartlarga muvofiq jamiyat faoliyatini tekshirish yuzasidan hulosalarini ko‘rib chiqish.
7) Jamiyatning 2024-yildagi moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha jamiyat yillik xisobotini, shu jumladan balans, moliyaviy natijalar, foyda va zararlar to‘g‘risidagi xisobotlarini tasdiqlash.
8) Jamiyatning 2024-yil yakuni bo‘yicha olingan sof foydasi taqsimoti to‘g‘risida.
9) Jamiyatning Ijroiya organi raxbarini saylash.
10) Jamiyatda 2024-yil yakuni buyicha Korporativ boshqaruv tamoyillari ijrosini baholash yuzasidan mustaqil baxolovchi tomonidan berilgan xulosani tasdiqlash.
11) Tashkiliy tuzilmani tasdiqlash.
12) E’lon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash.
13) Jamiyat ustav kapitali miqdorini ko‘paytirish. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish qarorlariga o‘zgartirish kiritish va o‘zgartirishlar matnini tasdiqlash.
14) Jamiyat Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.»