1-iyuldan boshlab Uzbekistan Airways mahalliy aviaqatnovlarida pasport ko‘rsatish shart emas, shaxsni tasdiqlovchi elektron hujjatning oʻzi kifoya. Buning uchun:
- "Ijtimoiy karta" ilovasiga yoki my.gov.uz saytiga kiring;
- Elektron ID’ ingizni oching;
- Uni aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tkazish ustunidagi xodimga ko‘rsating.
Diqqat: skrinshot yoki fotosuratlar qabul qilinmaydi. Faqat shaxsiy kabinetga faol kirish orqali olingan ID ko‘rsatilishi kerak.