We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways xalqaro triatlon startida!

Share on social media

24-25-may kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” Xalqaro turizm markazi hududida yirik sport musobaqalari – World Triathlon Cup Samarkand-2025 va World Triathlon Para Cup Samarkand-2025 bo‘lib o‘tdi. Bu triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon Kubogi bosqichlarida dunyoning turli burchaklaridan Elite toifasidagi eng kuchli sportchilar ishtirok etdilar!

Tadbir doirasida O‘zbekiston ochiq chempionati ham o‘tkazildi va faxr bilan ma’lum qilamiz: Uzbekistan Airways muhandis-inspektori Alisher Radjabov Standard masofasini (suzish – 1,5 km, velosiped – 40 km, yugurish – 10 km) muvaffaqiyatli bosib o‘tib, 50-54 yosh toifasida 2-o‘rinni egalladi!

A’lo natija va munosib ishtirok bilan tabriklaymiz! Kuch, bardoshlilik va iroda – bu biz osmonu yerda faxrlanadigan fazilatlar! 

Download PDF