Bugun bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda aviakompaniya xodimlari Vatan ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarni yodga olishdi.


Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, shuningdek, tinchlik davrida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning jasoratlari alohida ehtirom bilan qayd etildi.


Ushbu kunda biz ularning jasorati va fidoyiligi oldida minnatdorlik bilan bosh egamiz. Ularning yorqin xotiralari qalbimizda umrbod qoladi!


