We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

"Uzbekistan Airways" AJ Boshqaruv raisining Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbiridagi nutqi

Share on social media

Hurmatli faxriylar, qadrli do‘stlar, hamkasblar! 

Bugun biz yurtimizda ozodlik va tinchlik uchun jonini fido qilgan insonlar xotirasini yod etish maqsadida yigʻildik. Xotira va qadrlash kuni shunchaki sana emas. Bu ajdodlarimiz jasorati uchun chuqur minnatdorlik, qayg‘u va iftixor kunidur. 

Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston ikki millionga yaqin kishini frontga berdi - respublikaning har uchinchi fuqarosi fashizmni to‘xtatish uchun qo‘liga qurol oldi. 538 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 158 ming kishi bedarak yo‘qoldi. Bu raqamlar shunchaki statistika emas, balki har bir xonadon, har bir oilaning dardi va qahramonligidir. 

Bu yil Xotira va qadrlash kuni alohida ahamiyatga ega - biz Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 80 yilligini nishonlayapmiz. Buyuk tarixiy voqeaning navbatdagi muhim sanasi va millionlab odamlarning jasorati, bukilmas irodasining ramzidir.

Aynan bu kurashda O‘zbekiston aviatorlarining hissasini alohida ta’kidlamoqchiman. Ikki ming besh yuzga yaqin o‘zbekistonlik uchuvchi, shturman, muhandis va texnik mutaxassislar o‘z xalqining baxti va kelajagi uchun kurashdilar. Ularning ko‘pchiligi mardlarcha halok bo‘ldi, ba’zilari yurtga qahramon bo‘lib qaytdi va avlodlarga Vatanga sadoqat namunasini qoldirdi. Ularning jasorati  aviatsiya xodimlari uchun ilhom manbai.

Front ortida qolganlar frontdagidan kam bo‘lmagan og‘ir sharoitda mehnat qildilar.  O‘zbekistonga bir yuz ellikka yaqin zavod ko‘chirib keltirildi. Jami uch yuzga yaqin korxona harbiy mahsulotlar, jumladan, aviatsiya texnikasini ishlab chiqargan. Xalq to‘plagan mablag‘lar hisobidan o‘nlab samolyotlar, tanklar, jangovar mashinalar ishlab chiqarildi.  

Aynan shunday og‘ir damlarda xalqimizning insonparvarligi va bag‘rikengligi yaqqol namoyon bo‘ldi: O‘zbekiston bir yarim millionga yaqin evakuatsiya qilinganlarni, jumladan, 250 ming nafar yetim bolalarni qabul qildi, ularning aksariyati o‘zbek oilalari tomonidan asrab olindi. Bu – xalqimizning mehr-oqibat, mehmondo‘stlik va yuksak ma’naviyatining tirik solnomasidir.

Shuningdek, hech shubhasiz, bugungi kunda oramizda bo‘lgan, o‘zining fidokorona mehnati bilan urushdan keyin mamlakatni tiklab, uning kelajagini barpo etayotgan mehnat faxriylariga ushbu iliq so‘zlarimizni yo‘llash men uchun yuksak faxr deb bilaman. 

Mamlakatimiz sharafini himoya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish yo‘lida qaynoq nuqtalarda matonat, iroda va burchga sadoqat ko‘rsatgan aviatsiya mutaxassislari, baynalmilal jangchilarimizga alohida ehtirom ko‘rsatamiz. 

Bugun Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita rahbarligida tarixiy xotirani asrab-avaylash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda – yodgorlik majmualari barpo etilmoqda, faxriylar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda, eng muhimi, yoshlarda ajdodlar jasoratiga hurmat, milliy g‘urur va yuksak fuqarolik mas’uliyati tuyg‘usi shakllantirilmoqda. 

Uzbekistan Airways faxriylar bilan faxrlanadi va ardoqlaydi. Biz milliy aviatsiyani rivojlantirish, parvozlar xavfsizligi va madaniyatini oshirish, O‘zbekistonning jahon havo makonidagi nufuzini mustahkamlash orqali ularning xotirasiga munosib bo‘lishga intilamiz.

Biz  omon qolganlarning barchasiga – ruhiy kuch, jasorat va fidoyilik uchun minnatdorchilik bildiramiz. Halok bo‘lganlar oldida bosh egamiz.

Josorat va matonat uchun urush qatnashchilarining har biri oldida taʼzimdamiz

Xotira va Qadrlash kuni muborak bo‘lsin!