We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida chegirmalar taqdim etadi

Share on social media

“Yoshlar turizmi haftaligi” davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – 12 dan 30 yoshgacha bo‘lgan maktab, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari uchun barcha mahalliy yo‘nalishlar uchun ekonom klass barcha tariflaridan 15% chegirma e’lon qilishdan mamnunmiz. Chegirma 2024-yil 1-yanvardan 2024-yil 10-yanvargacha bajariladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

 

Aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Sotuv davri 2023-yil 26-dekabridan 2024-yil 10-yanvarigacha
  2. Parvoz amalga oshirilishi davri 2024-yil 1-yanvardan 10-yanvargacha
  3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • 12 dan 30 gacha bo‘lgan yoshlar uсhun – barcha ekonom klass tariflaridan 15% chegirma
  • 7 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yoshi katta yo‘lovchi hamrohligida aviakompaniya tomonidan belgilangan ekonom klass kattalar tarifidan 25% chegirma taqdim etiladi;
  1. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  2. Chegirmali aviachiptalarni sotish “Uzbekistan Airways” AJning Uzbekistan Airways Sales filialida va filialning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi savdo agentlarida amalga oshiriladi
  3. Chegirma faqat chegirma muddatidagi davr uchun qo‘llaniladi. Agar sanalardan biri chegirma muddatiga to‘g‘ri kelmasa, parvoz turli aviachiptalar yordamida rasmiylashtirilishi kerak.
  4. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  5. Foydalanilmayotgan yoki qisman foydalanilgan aviachipta qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, agar jo‘nab ketish sanalaridan biri chegirma muddatiga to‘g‘ri kelmasa, chegirma qo‘llanilmaydi va chegirmasiz qayta rasmiylashtiriladi.
  6. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 01.01.2024dan 10.01.24gacha bo‘lgan parvozlarga qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  7. Chegirmali aviachiptalarni rasmiy saytda sotib olib bo‘lmaydi;
  8. Ushbu chegirmalar faqat “Uzbekistan Airways” AJ aviaqatnovlarigagina amal qiladi va “Uzbekistan Helicopters” MCHJ HY1001-1100 qatnovlarida qo‘llanilmaydi.

 

 

Aviachiptani 50% chegirma bilan hoziroq aviakompaniya agentlaridan va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.

Download PDF