We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways Moskvaga/dan borayotgan yo‘lovchilar uchun ko‘proq qulaylik yaratadi!

Share on social media

2023-yil 1-oktabrdan boshlab Uzbekistan Airways Moskva shahrining ikkita aeroporti – Domodedovo va Vnukovoga reyslarni amalga oshirishni boshlaydi! Muntazam aviaqatnovlarni Vnukovo aeroportiga o‘tkazishning bir qator afzalliklari bor – Rossiya Federatsiyasi poytaxtiga qulay tashrif buyurish uchun barcha sharoitlar yaratilgan qulay aeroportni tanlash imkoniyati mavjud.

Yo‘lovchilarga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Uzbekistan Airways 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Moskvaning ikkita – Domodedovo va Vnukovo aeroportlari orasida tanlov taklif etadi! HY601/602 va HY603/604 aviaqatnovlari Toshkentdan Domodedovo xalqaro aeroportiga (DME) amalga oshirilishda davom etadi.

Toshkentdan Moskvaga va ortga qaytuvchi HY613/614, HY611\612, HY9613\9614 va HY9813\9814 aviaqatnovlari, shuningdek Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Termiz, Urganch va Nukusdan Moskvaga va ortga qaytuvchi aviaqatnovlar Vnukovo xalqaro aeroportiga (VKO) amalga oshiriladi!

Parvozlarni Vnukovoga o‘tkazish Moskvaga\dan Toshkentga boradigan yo‘lovchilarga har birining shahar markazidan masofasini hisobga olgan holda Moskvaning maqbul aeroportini tanlashga imkon beradi. O‘zbekiston Respublikasi hududiy markazlariga/dan kelayotgan yo‘lovchilar uchun Vnukovo aeroporti rivojlangan transport infratuzilmasi jihatidan eng maqbul aeroportga aylanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, Vnukovo xalqaro aeroporti Moskva markaziga eng yaqin – 34 km masofada joylashgan. Yaqinda aeroport hududida “Vnukovo aeroporti” metro bekati mavjud bo‘lib, u yo‘lovchilarga poytaxt markaziga 40 daqiqada yetib borishga imkon beradi.

Download PDF