We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Xotira abadiy va muqaddasdir

Share on social media

Bugun, 9-may kuni Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlari, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti, O‘zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, “O‘zaeronavigatsiya” markazi, Toshkent aviatsiya-transport prokuraturasi vakillari, shuningdek, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi faxriylari ishtirok etdi.

 

Foto1Foto2

“Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisi Shuhrat Xudaykulov 9-may – Xotira va Qadrlash kuni mamlakatimiz, ayniqsa yosh avlod uchun juda muhim bayram tadbiri ekanini ta’kidladi. “Aynan shu kuni har birimiz tinchlik va barqarorlik qanchalik muhimligini yana bir bor amin bo‘lamiz. Minglab yurtdoshlarimiz, shu jumladan aviatorlar ham Vatanimiz tinchligi va farovonligi uchun kurashganlar. Faxriylarni eslaganimizda, ular avvalo bizning ustozimiz ekanligini unutmasligimiz kerak. Va biz ulardan hali juda ko‘p narsa o‘rganishimiz kerak. Biz mamlakatimiz farovonligi uchun kurashgan har bir insonni yodimizda saqlaymiz va ushbu tinchlik va barqarorlik uchun minnatdormiz”, – dedi Sh.Xudaykulov o‘z nutqida.

Bu dunyoda bitta buyuk, o‘zgarmas haqiqat bor: kelajak avlodlarning erkinligi, tinchligi va baxti uchun mardlik va jasorat ko‘rsatganlar xalq xotirasida abadiy qoladi. Urush va mehnat fronti faxriylarini e’zozlash, ularning xotirasini abadiylashtirishni biz har doim o‘zimizning muqaddas burchimiz deb hisoblaymiz.

Bugun biz faxriylarimiz va qahramonlarimizga chuqur hurmat ko‘rsatamiz. Biz jang maydonlaridan ortga qaytish nasib etmagan va o‘z hayotini ayamay, front ortida mehnat qilganlar xotirasi oldida bosh egamiz. Ularning nomi qalbimizda abadiy qoladi.

 

Foto3Foto4

 

Xotira va Qadrlash kunining ma’naviy, axloqiy ahamiyati doimo buyuk bo‘lib qoladi va unga bo‘lgan munosabatimiz muqaddasdir. Bu bizning xotiramiz va g‘ururimiz, mamlakatimiz tarixi, har bir oila tarixi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Xotira monumentiga gullar qo‘yishdi.

 

 

Download PDF