We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Pekinga parvoz qiluvchi yo‘lovchilar diqqatiga

Share on social media

2023-yilning 21-yanvar kuni Uzbekistan Airways HY-9505/9506 Toshkent – Pekin – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reysni amalga oshiradi.

Shuningdek, Joriy yilning 17-yanvaridan boshlab Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahriga tashrif buyuruvchi yo‘lovchilar parvozdan oldin 48 soat ichida COVID-19 ga qarshi topshirilgan PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari kerak. Agar test natijasi ijobiy bo‘lsa yoki yo‘lovchi PZR-testining manfiy natijasini parvozdan oldin taqdim etmasa reysga qo‘yilmaydi. Ushbu cheklovlar yosh bolalarga ham taalluqli.

Test natijasi qog‘oz ko‘rinishida bo‘lishi zarur. Agar labaratoriya test natijasini elektron ko‘rinishda taqdim qilsa uni qog‘ozga chop eting.

Parvozdan oldin ro‘yxatdan o‘tish jarayonida yo‘lovchilar “Xitoy Xalq Respublikasiga kirish/chiqishdagi salomatlik holati to‘g‘risida deklaratsiya” shaklini to‘ldirishda olingan QR kodini taqdim etishlari kerak. Ushbu deklaratsiyani quyidagi joylardan olish mumkin:

  1. WeChat “Customs Pocket Declaration” mini dasturi orqali;
  2. “China Customs” mobil ilovasi orqali;
  3. https://htdecl.chinaport.gov.cn sayti orqali.

Yo‘lovchilardan COVID-19 virusi tarqalishi oldini olish maqsadida parvoz jarayonida maxsus himoya vositalaridan foydalanishlarini va niqob taqishlarini so‘rab qolamiz. Aks hollarda yetib borgandan keyin yo‘lovchining bortni tark etishiga ruxsat berilmaydi.

Download PDF