We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

ATR-72 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Uzbekistan Airways Technics mutaxassislarni o‘qitish

Share on social media

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yilning 9-yanvaridan boshlab “Uzbekistan Airways Technics” MChJda aviatashkilot xodimlari uchun ATR-72 havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulotlar davom ettirilmoda. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarda Uzbekistan Airways Technics kompaniyasining 18 nafar va SILK AVIA aviakompaniyasining 3 nafar xodimlari o‘qitilmoqda. 

Mazkur professional kurslarda dars berish uchun xorijlik mutaxassislar jalb qilindi. Yanvar oyida o‘quv jarayonlari bilan birgalikda amaliyot ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tayyorlov kurslari “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MCHJ hududida bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways Technics kompaniyasi xodimlarini ATR-72 havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitish jarayonlari 2022-yilning 21-noyabrida boshlangan edi. 

 

Download PDF