We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Yo‘lovchi va kutib oluvchilar diqqatiga

Share on social media

2022-yil 14-dekabr kuni Namangan, Andijon va Farg‘ona xalqaro aeroportlarining noqulay ob-havo sharoiti tufayli (tuman, ko‘rish darajasining yomonligi) Uzbekistan Airways bir nechta reyslari majburiy kechiktiriladi:

HY-622 Moskva - Andijon reysi majburiy ravishda Namangan zaxira aeroportiga yo‘naltirildi.

HY-621 Andijon - Moskva va HY-9607 Buxoro - Moskva reyslari tez orada o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketadi.

HY-087/HY-088 Urganch-Farg‘ona-Urganch, HY-052 Urganch-Toshkent, HY-017/HY-018 Toshkent-Nukus-Toshkent, HY-081/HY-082 Toshkent-Farg‘ona-Toshkent va HY277/HY-278 Farg‘ona – Istanbul – Farg‘ona reyslari Farg‘ona xalqaro aeroportining noqulay ob-havo sharoiti (ko‘rishning yomonligi, tuman) tufayli kechiktiriladi.

Bundan tashqari, HY-047/HY-048 Namangan - Samarqand – Namangan, HY-087/HY-088 Urganch – Farg‘ona – Urganch parvozlari majburiy bekor qilindi.

Yo‘lovchilar bekor boʻlgan qatnov aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

 “Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun parvozlar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

 

Download PDF