We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Yo‘lovchi va kutib oluvchilar diqqatiga

Share on social media

2022-yil 12-dekabr kuni Buxoro xalqaro aeroportining noqulay ob-havo sharoiti tufayli (tuman, ko‘rish darajasining yomonligi) Uzbekistan Airways bir nechta reyslari majburiy kechiktiriladi:

HY-9608 Moskva – Buxoro qatnovi Samarqand aeroportiga, HY-642 Sankt-Peterburg – Buxoro qatnovi Navoi zaxira aeroportiga majburan yo‘naltirildi. Ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar belgilangan manzilga yetib borgan.

Shu munosabat bilan, HY-9607 Buxoro – Moskva, HY-641 Buxoro – Sankt-Peterburg, HY-638/HY-637 Sankt-Peterburg – Urganch – Sankt-Peterburg va HY-640 Sankt-Peterburg – Samarqand, HY-9620 Moskva – Namangan, HY-9619 Namangan – Moskva va HY-9606 Moskva – Samarqand qatnovlari kechikib amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

HY-611 Toshkent – Moskva reysi ham tez orada o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketadi va HY-612 Moskva – Toshkent qaytish reysi ham kechikish bilan amalga oshiriladi.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

 

Download PDF