We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways reyslari to‘g‘risida xabar

Share on social media

Bugun, 2022-yil 27-noyabr kuni Farg‘ona va Namangan xalqaro aeroportlarining noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) tufayli Uzbekistan Airways’ning HY-093 Toshkent-Namangan, HY-9801 Namangan-Perm, HY-081 Toshkent-Farg‘ona, HY-339 Farg‘ona-Dubay qatnovlari majburiy kechiktirilmoqda.

Texnik sabablarga ko‘ra HY-271 Toshkent – Istanbul reysi tez orada o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketadi. HY-272 Istanbul – Toshkent reysi ham kechikish bilan amalga oshiriladi.

HY-9802 Perm – Namangan, HY-340 Dubay – Farg‘ona va HY-082 Farg‘ona – Toshkent reyslari ham kechikib amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

 “Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

 

Download PDF