We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways reyslari to‘g‘risida rasmiy xabar

Share on social media

Bugun, 2022-yil 26-noyabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli HY-278 Istanbul – Farg‘ona reysi Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi.

Shu munosabat bilan, HY-082 Farg‘ona – Toshkent reysi bekor qilinganini ma’lum qilamiz.

Yo‘lovchilar bekor boʻlgan qatnov aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

 

Download PDF