We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways reyslari to‘g‘risida rasmiy xabar

Share on social media

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

 

Bugun, 2022-yil 22-noyabr kuni Farg‘ona hamda Urganch xalqaro aeroportlarining noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways bir nechta reyslari majburiy kechiktiriladi:

 

HY-9616 Moskva – Urganch qatnovi Navoi aeroportiga yo‘naltirildi. Ushbu yo‘nalishdagi qatnov belgilangan manzilga yetib borgan.

HY-9615 Urganch – Moskva qatnovi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketdi.  

HY-081 Toshkent – Farg‘ona, HY-339 Farg‘ona – Dubay, HY-340 Dubay – Farg‘ona, HY-072/HY-071 Farg‘ona – Samarqand – Farg‘ona, HY-082 Farg‘ona – Toshkent qatnovlari, shuningdek, HY-053 Toshkent – Urganch, HY-279/HY-280 Urganch – Istanbul – Urganch va HY-054 Urganch – Toshkent, HY-074/HY-073 Buxoro – Namangan – Buxoro, HY-9626/HY-9625 Moskva – Nukus – Moskva va HY-9606 Moskva – Samarqand kechikib amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

 

Bundan tashqari, rejalashtirilgan HY-745/HY-746 Toshkent – Tbilisi – Toshkent qatnovlari ham kechikib amalga oshiriladi.

 

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz. 

 

Download PDF