We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Qishki ta’tilni oila va do‘stlar bilan o‘tkazing

Share on social media

Uzbekistan Airways uyidan uzoqda bo‘lgan, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarga qishki ta’tilni oilasi bilan o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi. Aviakompaniya faqat talabalar uchun 22-dekabrdan 10-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass (K-klass va undan yuqori) tariflariga uchun 50% chegirma e’lon qiladi.   

Buning uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki hududingizdagi aeroport aviakassasiga kelib, talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etish kifoya. Endi siz kerakli manzilga chegirmali aviachipta xarid qilishingiz mumkin.   

Qishki ta’tilingizni va Yangi yilni oilangiz va do‘stlaringiz bilan o‘tkazing.

 

Download PDF