We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Amerika Qo‘shma Shtatlari sayohatchilar mamlakatga kirishlari uchun qoidalarni o‘zgartirdi

Share on social media

Joriy yilning 8-noyabridan boshlab AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (Centers for Disease Control and Prevention, CDC) va Transport xavfsizligi boshqarmasi (Transportation Security Administration, TSA) Buyrug‘iga binoan Amerika Qo‘shma Shtatlariga kelayotgan 2 yoshdan yuqori bo‘lgan barcha yo‘lovchilar COVID-19 ga qarshi emlanganligi to‘g‘risidagi yoki emlanishdan ozod qilinganligi haqidagi anketani to‘ldirishlari shart. Immigrantlar va AQSH fuqaroligiga ega yo‘lovchilar bundan mustasno.  

Mazkur anketa havo kemasiga chiqishdan oldin aviakompaniya vakillariga taqdim etilishi lozim. Anketani to‘ldirmaslik, noto‘g‘ri va yolg‘on ma’lumotlarni keltirish reysning kechikishiga, yo‘lovchining parvozdan chetlashtirilishiga va kelajakda AQShga kirishga ruxsat berilmasligiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, bunday yo‘l tutgan hamda anketa talablarini bajarmagan har bir yo‘lovchi AQShning federal qoidalariga ko‘ra jinoiy va qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

 

Download PDF