We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways aviaqatnovlari to‘g‘risida rasmiy xabar

Share on social media

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati quyidagilarni xabar qiladi: 

 

Bugun, 2022-yil 13-noyabr kuni Farg‘ona va Namangan xalqaro aeroportlarining noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan bir qator reyslar majburiy kechiktirildi:

HY081 Toshkent – Farg‘ona soat 07:40 o‘rniga soat 09:17 jo‘nab ketdi

HY339 Farg‘ona – Dubay soat 8:40 o‘rniga soat 10:28 jo‘nab ketdi

HY340 Dubay – Farg‘ona va HY082 Farg‘ona – Toshkent qatnovlari ham kechikib amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

HY093 Toshkent – Namangan qatnovi soat 07.20 o‘rniga soat 15:03 jo‘nab ketdi

HY9801 Namangan – Perm yo‘nalishi bo‘yicha qatnovga tayyorlanayapti va shuningdek, HY9802 Perm – Namangan qatnovi ham kechikishini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, Namangan xalqaro aeroportida uzoq davom etgan tuman sabab HY9805/9806 Namangan – Samara – Namangan, HY9829/9830 Namangan – Yekaterinburg – Namangan va HY9809/9810 Namangan – Omsk – Namangan qatnovlari ham majburiy kechiktirilgan vaqtda amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

 

Download PDF