We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways Technics xodimlariga bayram tabrigi

Share on social media

Qadrli hamkasblar, Uzbekistan Airways Technics xodimlari!

Har bir amalga oshiriladigan parvoz siz va sizning katta va kuchli jamoangizga bog‘liq deb bilaman. Bosib o‘tilgan yo‘lga nazar solib shuni aytimishim mumkinki, bir necha avlod aviamuhandislari, texnik va boshqa mutaxassislar bugun bizning faxrimiz hisoblanishadi. Ularni har kuni havo kemasi oldida ko‘rib ko‘nglimiz xotirjam. Sizning jamoangizdagi har bir soha vakili havo kemalarimizni osmon uzra havfsiz parvoz qilishida baholi qudrat xizmat qilayotganini sezib turamiz va mehnatingizni qadrlaymiz. Biz sizga tayanamiz va ishonamizki, o‘sib kelayotgan yosh hamda shijoatli kadrlarni fuqarolik aviatsiyasini mohir ustalari bo‘lib yetishishiga o‘z xissangizni qo‘shasiz.

Uzbekistan Airways Technics jamoasini yana bir erishilgan yutuq va intilishlarga boy yil bilan tabriklayman. Biz sizlarni mashaqqatli va kerakli faoliyatingizni qadrlaymiz.

Xonadoningizga tinchlik va totuvlik, faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman.

Bayramingiz bilan, qadrli hamkasblar!

 

Ilhom Mahkamov,

“Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi

 

Download PDF