We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways aviaqatnovlari to‘g‘risida rasmiy xabar

Share on social media

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati quyidagilarni xabar qiladi: 

Bugun, 2022-yil 11-noyabr kuni Buxoro xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan HY023 Toshkent – Buxoro aviaqatnovi mahalliy vaqt bilan soat 07:30 ning o‘rniga 10:49 da, HY024 Buxoro – Toshkent aviaqatnovi esa soat 09:30 ning o‘rniga 12:48 da o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha jo‘nab ketdi.

Shuningdek, jadval bo‘yicha mahalliy vaqt bilan 11:45 da rejalashtirilgan HY091 Toshkent – Andijon aviaqatnovi soat 15:10 da o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketdi. 

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

 

Download PDF