We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

HY3223 Toshkent – Antaliya reysi to‘g‘risida rasmiy xabar

Share on social media

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bugun, 2022-yil 11-noyabr kuni HY3223 Toshkent – Antaliya qatnovi jadval bo‘yicha soat 10:10 da uchib ketdi. A320 havo kemasi sardori havo kemasining texnik sabablarga ko‘ra ortga qaytishga majbur bo‘ldi va soat 10:54 da havo kemasi Toshkent aeroportiga qaytib kelib qo‘ndi. Muhandis-texnik tarkibining tekshiruvidan so‘ng havo kemasi parvoz qilishiga ruxsat berildi. Shundan so‘ng A320 havo kemasi soat 12:30 da o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketdi.  

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

 

Download PDF