We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways Farg‘onadan Dubayga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Share on social media

Bugun, 2022-yil 30-oktabr kuni Farg‘ona-Dubay-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha Uzbekistan Airways ilk parvozni amalga oshirdi. Ushbu parvoz Ruslan Mustafayev kema sardori bo‘lgan Airbus 320 havo kemasida amalga oshirildi va 135 yo‘lovchini Dubay xalqaro aeroportiga yetkazib qo‘ydi.

Farg‘ona xalqaro aeroportida Farg‘ona – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha birinchi qatnovi ochilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali marosimda Transport hududiy boshqarmasi xodimlari, sayyohlik agentliklari, bloger va ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi vakillari va yo‘lovchilar ishtirok etishdi.

Mazkur qatnovning ochilishi “Sharqiy” xab rivojlanishning uchinchi bosqichi bo‘ldi. Farg‘ona vodiysidan qatnovlarga talab ortib borayotganligi sababli Uzbekistan Airways 2022-yil yanvar oyida “Sharqiy” xabni rivojlantirishni boshladi. “Sharqiy” xabning asosiy maqsadi – Fargʻona vodiysidan talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha parvoz qilish uchun shart-sharoitlar yaratishdir. Ta’kidlash joizki, Namangandan parvozlar “Full ekonom” (toʻliq iqtisodiy sinf) aviatashuv tamoyili asosida Uzbekistan Airways Express havo kemalarida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistondan BAAga aviaqatnovlarning ortishi davlatlararo aloqalarni mustahkamlash – iqtisodiyot, madaniy-gumanitar aloqalar, transport va logistika, turizm sohasida tajriba almashishga xizmat qiladi. Farg‘ona vodiysiga sayyohlarni jalb qilish esa bu hudud infratuzilmasi va turizmni yaxshilash imkonini beradi.

Uzbekistan Airways Farg‘ona-Dubay-Farg‘ona yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ygani bilan bir qatorda, bugungi kunda aviakompaniya haftasiga 7 marta Toshkentdan Dubayga muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, 2022-yil 31-oktabrdan boshlab aviakompaniya Toshkent – ​​Sharja – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam qatnovlar sonini haftasiga 3 martagacha oshiradi. Parvozlar dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

 

Download PDF