We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways TAF!22 Toshkent reklama festivalida g‘olib bo‘ldi

Share on social media

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi shu yilning 22-oktabr kuni o‘tkazilgan Toshkent reklama festivalida ishtirok etdi. Eslatib o‘tamiz, aviakompaniya Toshkent reklama festivalida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni, “New”, “Social”, “Celebrities” va “SMM” nominatsiyalari bo‘yicha qatnashdi. Deyarli bir oydan uzoqroq davom etgan ovoz berish jarayonida aviakompaniya xususiy korxonalar, mashhur kompaniyalar, internet-magazinlar va boshqa ko‘plab tashkilotlar bilan eng yaxshi o‘rinlar uchun raqobatlashdi. Festival natijalari ko‘ra Uzbekistan Airways jamoasi “Mashhur shaxslar ishtirokidagi reklama kompaniyasi” bo‘yicha oltin va “SMM” nominatsiyasida kumush sohibiga aylandi.  

Uzbekistan Airways TAF!22 tanlovida aviakompaniyaga ovoz bergan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

 

Download PDF