We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Yangi aviaqatnov – yangi imkoniyatlar

Share on social media

So‘nggi paytlarda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ko‘plab xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda yangi muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi va ushbu yo‘nalishdagi harakatlar hali hamon davom ettirilmoqda. Bularning barchasi yo‘lovchilarga qulaylik va keng imkoniyatlar yaratish ustidagi olib borilayotgan ishlardan biri hisoblanadi. Shu jumladan, aviakompaniya yana bir yangi Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni joriy etmoqda. Ushbu aviaqatnov joriy yilning 30-oktabridan boshlab haftaning seshanba va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

Farg‘onadan joʻnab ketish: 08:40

Dubayga yetib borish: 11:35

Dubaydan joʻnab ketish: 13:05

Farg‘onaga yetib borish: 17:40

Farg‘ona – Dubay yo‘nalishidagi chiptalar narxi 2 215 042 so‘mdan, Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 3 640 744 so‘mdan boshlanadi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways joriy yilning 31-oktabridan boshlab Toshket – Sharja – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini ko‘paytirmoqda. Parvozlar haftaning dushanba, payshanba va shanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

Toshkentdan joʻnab ketish: 06:45

Sharjaga yetib borish: 09:20

Sharjadan joʻnab ketish: 10:50

Toshkentga yetib borish: 15:00

Toshkent – Sharja yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi 1 976 630 so‘mdan, Toshket – Sharja – Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 3 163 920 so‘mdan boshlanadi. 

Aviachipta narxlari 11-oktabr holatiga ko‘ra amal qiladi.   

Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, avia

 

Download PDF