We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

“Qish-2022” jadvaliga o‘tish munosabati bilan mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatiladi

Share on social media

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati qishki parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan Urganch – Milan – Toshkent, Urganch – Rim – Toshkent va Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qiladi.

Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan jadvalga ko‘ra yozgi parvozlar jadvali oxirigacha quyidagicha amalga oshiriladi:

• Urganch – Rim – Toshkent haftada bir marta – seshanba kunlari (25-oktabrgacha);
• Urganch – Milan – Toshkent haftada bir marta – juma kunlari (28-oktabrgacha);
• Toshkent – Parij – Toshkent haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari (28-oktabrgacha).

“O‘zbekiston havo yo‘llari” dagi barcha yangiliklardan xabardor bo‘ling

Telegram: t.me/uzbekistanairways

Download PDF