We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Foydalanilmagan aviachipta uchun pul mablag‘ini qaytarish bo‘yicha rasmiy ma’lumot

Share on social media

«Uzbekistan Airways» AJ Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan aviachipta pulini qaytarish to’g’risidagi xabarlar bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bugungi kunda aviakompaniya yo‘lovchilari foydalanilmagan aviachipta uchun pul mablag‘ini qaytarishni chipta sotib olingan joyda - aviakompaniyaning rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning chet eldagi vakolatxonalarida rasmiylashtirishlari mumkin.

Aviakompaniyaning rasmiy saytida chipta pulini qaytarib berishni rasmiylashtirishda yo‘lovchining shaxsiy ma’lumotlari, xizmat ko‘rsatuvchi bank to‘g‘risidagi ma’lumotlar va aviachipta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi. Foydalanilmagan aviachipta uchun pulni qaytarib berish shakli O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan banklarining talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va ushbu ma’lumotlarni kiritmasdan, pulni qaytarish bo‘yicha aviakompaniyaning moliyaviy ko‘rsatmasi ko‘rib chiqilmaydi.

Ayni paytda aviakompaniyada bu boradagi barcha jarayonlarni soddalashtirish bo‘yicha tizimli  ishlar olib borilmoqda. Tez orada aviakompaniya saytida foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalar uchun pul mablag‘ini qaytarishning soddalashtirilgan funksiyasidan  foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Bank to‘lov tizimlari tomonidan dasturiy ta’minotning takomillashtirilishi aviakompaniyaning rasmiy saytida aviachiptani qaytarish shaklini to‘ldirishni sezilarli darajada soddalashtiradi va barcha axborot xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda,  to‘lov tizimlarining xalqaro standartlarga muvofiq uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

Bizni to‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz.

Download PDF