We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda

Share on social media

2022-yil 30-oktabrdan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Farg‘ona vodiysi aholisiga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida parvozlar haftasiga ikki marotaba – yakshanba va seshanba kunlari amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

 

Farg‘onadan jo‘nab ketish: 08:40 

Dubayga yetib borish: 11:35

Dubaydan jo‘nab ketish: 13:05

Farg‘onaga yetib borish: 17:40

 

Farg‘ona – Dubay yo‘nalishidagi chiptalar narxi 2 217 926 so‘mdan, Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 3 641 757 so‘mdan boshlanadi.

Narxlar 26.09.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Download PDF