We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways Nukus – Mo‘ynoq – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqda

Share on social media

Mo‘ynoq va Nukus aholisi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, 2022-yil 12-sentabrdan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Nukus-Moyno‘q-Nukus yo‘nalishidagi qatnovlarni joriy qilmoqda. Aviaqatnovlar dushanba kunlari amalga oshiriladi.

 

Nukusdan jo‘nab ketish: 09:45

Mo‘ynoqqa yetib borish: 10:45

Mo‘ynoqdan jo‘nab ketish: 11:25

Nukusga yetib borish: 12:25

 

Shuningdek, faqat joriy yilning 9-sentabr kuni HY-012 Nukus – Toshkent yo‘nalishida aviaqatnov Mo’ynoq aeroportiga qo’nib, yo’lovchilarni bortga qabul qiladi hamda quyida ko’rsatilgan jadval bo’yicha amalga oshiriladi:

 

Nukusdan jo‘nab ketish: 09:45

Mo‘ynoqqa yetib borish: 10:45

Mo‘ynoqdan jo‘nab ketish: 11:25

Toshkentga yetib borish: 13:25

 

Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan xarid qiling.

Download PDF