We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

HY-201 Toshkent – London reysi haqida rasmiy xabar

Share on social media

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

28-avgust kuni Toshkent – London yo‘nalishidagi HY-201 aviaqatnovida yo‘lovchilar yuklari o‘z manziliga yetkazilmadi. Bunga Airbus 320Neo havo kemasining cheklangan tijorat yuklanishi sabab bo’ldi. Bortga yuklanmagan yuklarning umumiy soni 119 o‘rinni tashkil etadi, bu esa 2210 kg miqdorida bo‘lganligini anglatadi. Ayni paytda HY-201 reysi yo‘lovchilarining yuklari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida joylashgan bo‘lib, 30-avgust kuni HY-201 reysi bilan Londonga yetkaziladi. Shuni ta’kidlash kerakki, yuk barcha yo‘lovchilarga yetkazib berish xizmati tomonidan ko’rsatilgan manzilga bepul yetkazib beriladi.   

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun HY-201 aviaqatnovi yo‘lovchilaridan aviakompaniyaning Londondagi vakolatxonasi 02070342090 raqami yoki elektron manzillari Lon@uzairways.com va London@uzairways.co.uk manzili orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.  

Download PDF