We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Italiya – hamisha navqiron va hamisha go‘zal

Share on social media

Italiya quyosh va uzumzorlar mamlakati bo‘lib, uning yuragi abadiy Rim shahrida joylashgan. Aytishlaricha, barcha yo‘llar u yerga olib boradi. Ammo bu yo‘llarning narigi tomonida qanaqa joylar bor, hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Yo‘llardan biri Milanga olib boradi – dunyodagi hamma narsani amalga oshira oladigan shahar. Moda va san’at qonunlarini chiqaruvchi – u har kimni o‘ziga xos tarzda zabt etadi.

Keyingisi – Piza. Ilgarigi dengiz hukmronligi, hozir esa hoh bu Piza minorasi yoki eski shaharning kichik ko‘chasi bo‘lsin, har qanday bino diqqatga sazovor joyga aylanadigan maxsus shahar.

Barcha yo‘llar Rimga olib boradigan bo‘lsa, unda barcha kanallar Venetsiyaga olib boradi. Ushbu shaharning «tomirlarida» romantika oqadi va Ma’rifatparvarlik davridagi ruhi havoda kezib yuradi. Uning saroylari, maydonlari va ko‘priklari hech kimni befarq qoldirmaydi.

Portofino sizni hayratda qoldirishi uchun Megapolis bo‘lishi shart emas. Kichkina va cheksiz shinam shahar o‘zining tabiiy va me‘moriy manzaralari bilan mashhur. U yerda sizni ajoyib dengiz porti va ming yillik ibodatxonalar kutmoqda.

Har juma kuni Urganch – Milan – Toshkent yo‘nalishi bo'yicha muntazam aviaqatnovlarda Uzbekistan Airways bilan Italiyaning jozibasini kashf eting.

Download PDF