We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

“Uzbekistan Airways Technics” MCHJ birinchi marta Boeing 737 MAX 8 havo kemasini bo‘yash uchun qabul qilib oldi

Share on social media

2022-yil 5-avgust kuni Boeing 737 MAX 8 havo kemasini birinchi marta bo‘yash ishlari uchun “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ bazasiga yetib keldi. Havo kemasi Qozog‘iston Respublikasi “SCAT” aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, u ko‘p yillar davomida Qozog‘iston yo‘lovchilarining eng yirik aviatashuvchisi va “UAT” MCHJning uzoq yillik hamkori hisoblanadi.

Boeing 737 MAX 8 rusumidagi to‘rtinchi avlod tor fyuzelajli yo‘lovchi havo kemasidir. Uning asosiy farqi yanada kuchli CFM International LEAP-1B dvigatelidir. Havo kemasi ishlab chiqaruvchi – Amerikaning The Boeing korporatsiyasi.

Havo kemasini bo‘yash o‘rtacha 10 kun davom etadi. Ushbu ishlarning davomiyligi livreyaning (havo kemasi bo‘yalishi) murakkabligiga va havo kemasi turiga bog‘liq.

Hozirgi vaqtda “UAT” MCHJ bir nechta bo‘yash tizimlarini qo‘llaydi. Bunday holda, Boeing 737 MAX 8 havo kemasi uchun bo‘yash Akzo Nobel tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘yoq materiallaridan foydalangan holda Intermediate Coat Paint System Base Coat/Clear Coat (baza + lak) tizimiga muvofiq amalga oshiriladi. 

Ushbu ishlarni tugatgandan so‘ng, qoplamaning sifati va qalinligi ixtisoslashtirilgan qurilmalar bilan tekshiriladi. Havo kemasi bo‘yoq qalinligining standart ko‘rsatkichi 300 mikrongacha tashkil qiladi. Shuning uchun, bunday qalinlikni samolyotning ulkan yuzasida ushlab turish murakkab va ko‘p vaqt talab qiladigan jarayondir. 

Qoplamaning qalinligini nazorat qilgandan so‘ng, havo kemasi yana bir bor ortiqcha yog‘lardan tozalanadi va oraliq quritish bilan ikki qatlamli lak sepiladi. Lak qo‘shimcha himoya qiladi va jilvador bo‘lishi ta’minlaydi. Shunday qilib, go‘zallik paydo bo‘ladi, bu nafaqat samolyotni taniqli va jozibali qiladi, balki uni atrof-muhitning salbiy ta’siridan himoya qiladi va xizmat muddatini uzaytiradi.

Bo‘yash ishlari tugaganidan so‘ng, Boeing 737 MAX 8 havo kemasi og‘irligi tortib ko‘riladi va mijoziga yuboriladi.

 

Download PDF