We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways tadbirkorlar bilan uchrashadi

Share on social media

Mamlakatimizda 20-avgust – Tadbirkorlar kuni etib belgilangan. Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlarga keng imoniyatlar yaratib berilmoqda. Tadbirkorlar hukumatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda va ularning yangi g‘oyalari, yangi loyihalari jamiyatimizda katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.

Tadbirkorlarni qiynayotgan savollarga yechim topishga ko‘maklashish maqsadida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi rahbariyati Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlariga sotuv agentlari, turoperatorlar va turizm boshqarmalari bilan birgalikda sayyor qabul o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Sayyor qabul respublikamizning 3 ta viloyatida quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

 

5-avgust – Samarqand viloyati

Samarqand sh., Savdo-sanoat palatasi binosi, soat 11:00 da

 

6-avgust – Buxoro viloyati

Buxoro shahri, 3-mikrorayon, Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi binosi, soat 11.00 da

 

8-avgust – Farg‘ona viloyati

Farg‘ona sh., Alisher Navoiy ko‘chasi, 17-uy, viloyat tadbirkorlar uyi, soat 11:00 da  

 

Sayyor qabulda ishtirok etmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar qo‘shimcha ma’lumotlarni +998781404520 raqami orqali olishlari mumkin.

Download PDF