We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways Londonga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda

Share on social media

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent-London-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar soni oshirilganini ma’lum qiladi. Hozirda Buyuk Britaniya poytaxtiga qatnovlar haftada 2 marta – seshanba va juma kunlari amalga oshirilayotgan edi. Uzbekistan Airways joriy yilning 21-avgustdan 23-oktyabrga qadar ushbu xalqaro yoʻnalishda yakshanba kunlari qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi:

Toshkentdan uchish: 02:40 (Toshkent vaqti bilan)

Londonga yetib borish: 06:20 (London vaqti bilan)

Londondan uchish: 07:20 (London vaqti bilan)

Toshkentga yetib kelish: 18:20 (Toshkent vaqti bilan)

Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.

Download PDF