We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

“Ilk parvozim” ijtimoiy loyihasi: Namangandan Toshkentga

Share on social media

2022-yilning 28-29-iyul kunlari “Ilk parvozim” ijtimoiy loyihasi doirasida Uzbekistan Airways ko‘magi bilan “Temir daftar”ga kiritilgan ayollarning to‘rtinchi guruhi Namangan viloyatidan Toshkentga havo kemasida ilk parvozini amalga oshirdi. Ayollar Toshkent shahriga sayohati davomida nafaqat qadimiy va zamonaviy poytaxt bilan tanishish, balki mashhur ijodkor va bastakor Sevara Nazarxon bilan ham uchrashish imkoniga ega bo‘ldilar. Xonanda esa Toshkentga kelgan mehmonlarni iliq kutib oldi.

Havo kemasida parvoz qilishni orzu qilgan ishtirokchilardan biri Ziyodaxon Abidova edi. U avvaliga Toshkentga uchib kelish imkoniyati paydo bo‘lganiga darrov ishonmadi. “Avvaliga men bunga ishonmadim. Ammo endi bir kun shunday yig‘ilishib, o‘zimiz sayohatga chiqishimiz mumkinligini tushunib yetdim”, –  Toshkentga kelganidan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan Ziyodaxon.

Uzbekistan Airways “Temir daftar”ga kiritilgan ayollarning orzularini ro‘yobga chiqarishda va ularning havo kemasida ilk parvozini amalga oshirishga yordam berishda davom etadi.

Download PDF