We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways SITF-2022 sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Share on social media

“Uzbekistan Airways” AJ O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi bilan birgalikda 2022-yil 23-26 iyun kunlari Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan SITF-2022 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

SITF-2022 turizm ko‘rgazmasi Osiyo mintaqasidagi eng yirik xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalaridan biridir. Tadbir Koreya madaniyat, sport va turizm vazirligi, Milliy turizm tashkiloti va Visit Korea – Koreya sayyohlik agentliklari uyushmasi ko‘magida tashkil etildi.

Uzbekistan Airways vakillari ushbu ko‘rgazma doirasida hamkorlar bilan bir qator muzokaralar o‘tkazish, yangi tendensiyalarni o‘rganish, tajriba almashish va Osiyo mintaqasidagi turizm sohasining so‘nggi yangiliklari haqida ma’lumot olishni rejalashtirmoqda. Mazkur turizm tadbiri Janubiy Koreyadan ikki tomonlama sayyohlik oqimini jalb qilish va ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini va AJ aviatsiya imkoniyatlarini ommalashtirish imkonini beradi.

Download PDF