We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Batumiga ilk media tur

Share on social media

Uzbekistan Airways O‘zbekistonlik OAV vakillari, blogerlari, inflyuyenserlari uchun Batumiga birinchi media turni tashkillashtirdi.   
   
Birinchi media tur Toshkent – Batumi – Toshkent aviaqatnovini yo’lovchilar o’rtasida ommalashtirish, Gruziyaning turistik joylari bilan tanishtirish va ikki davlat fuqarolarining mobilligini oshirish maqsadida tashkil etildi.  
  
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 21-maydan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Batumi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlagan edi. Batumi – Qora dengiz sohilida joylashgan, Turkiya bilan chegaradosh va Gruziyaning eng maftunkor hududi bo'lgan Adjariya Avtonom Respublikasining poytaxtidir. Adjariya qadimiy yodgorliklari, ajoyib tabiati, quyoshi va go'zal plyajlari, milliy bog'lari va viqorli tog'lari bilan sayyohlarni o'ziga tortadi.  
  
Media tur 15-iyundan 18-iyungacha bo'lib o'tadi.

Download PDF