We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways bolalar haqida qayg‘uradi

Share on social media

Uzbekistan Airways aviaqatnovlarida yo‘lovchi bolalar go‘daklikdan sayohat qilishni boshlaydilar. Bunda bizning jamoamiz kattalarga kichik sayohatchilar bilan qulay parvoz qilishlari uchun yetarlicha sharoit yaratishga tayyor.  

Bir oyda aviakompaniya 16 000 ga yaqin kichik yo‘lovchilarni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga yetkazib qo‘yadi. Parvozdan avval bolalar uchun maxsus taom buyurtma qilish imkoniyati ham mavjud. Parvoz vaqtida bolalar multimedia ekranlarida multfilmlar tomosha qilishlari yoki o‘yin o‘ynashlari mumkin. Bundan tashqari kichik yo‘lovchilar uchun aviakompaniya maxsus beshik taqdim etadi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi uchun kichik yo‘lovchilarning xavfsizligi va qulay parvozi muhim ahamiyatga ega.       

Uzbekistan Airways Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!

Download PDF