We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

TDTU talabalari Uzbekistan Airways’ga tashrif buyurishdi

Share on social media

2022-yil 31-may kuni Uzbekistan Airways jamoasi talabalar uchun uchinchi “ochiq eshiklar” kunini o‘tkazdi. Bu safar Toshkent davlat transport universitetining talabalariga Uzbekistan Airways Technics xodimlari korxonada qanday havo kema turlariga texnik xizmat ko‘rsatilishi haqida so‘zlab berdi. Talabalar Airbus 320 bortida yo‘lovchi sifatida tashrif buyurib, u yerda aviamuhandislar ularga ushbu havo kema turining xususiyatlari haqida so‘zlab berishdi.     

Hodimlar bilan ishlash mutaxassislari tez orada aviatsiya oilasi a’zosi bo‘lishni xohlovchi talabalar uchun haq to‘lanadigan amaliyot boshlanishi haqidagi e’lonni aytib o‘tdilar. 

Download PDF